22-iyun kuni Apple oʻzining dasturchilar uchun birinchi onlayn konferensiyasini boshladi va unda bir nechta yangi eʻlonlar paydo boʻldi. Bugun biz ushbu namoyish haqida imkon qadar qisqa qilib maʻlumot taqdim qilamiz.
iOS 14
Qachon: beta-versiya shu yilning iyul oyida, hamma uchun – kuzda, dasturchilar esa allaqachon uni sinab koʻrishlari mumkin.
Qurilmalar: iPhone 6S va undan keyingi modellar
· iOSda asosiy ekranning koʻrinishi oʻzgartirilib, vidjetlar qoʻshildi. Ular dastur ikonkalari va papkalari yoniga joylashtirilishi mumkin, shuningdek, siz ularni oʻzingiz uchun moslashtirishingiz mumkin;
· iOS 14 avtomatik ravishda ilovalarni tematik toifalarga ajratishi mumkin. Boshqa sahifaga oʻtib yurmasdan barcha ilovalarni bitta roʻyxatda koʻrish mumkin.
· Apple Translate ilova va uning ajoyib funksiyasi – sinxron tarjima! Dastlab unda, rus tilini oʻz ichiga olgan holda, 11ta til qoʻllab-quvvatlanadi. Apple taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, xizmat maxfiylikni taʼminlagan holda tarmoqqa ulanmasdan ishlaydi;
· Kompaniya Siri dizaynini toʻliq yangiladi. Ovozli yordamchi endilikda butun ekranni egallamaydi va masalan, dastur soʻralganida u darhol ochiladi. Siri endilikda audio xabarlarni yuborishi mumkin;
· «Rasmdagi rasm» rejimi videoni boshqa ilovalarning yuqori qismida koʻrishga imkon beradi. Rolikni kichkina oynaga tushirib, boshqa ishlarni bajarish mumkin;
· Endi dasturlarni yuklamasdan darhol yengil versiyalarini ishga tushirish mumkin boʻladi. AppClips xuddi kafe yoki velo-ijara xizmatlaridan foydalanganingiz kabi dasturlarni oʻrnatmasdan turib ishlatib koʻrish imkonini beradi;
· CarKey funksiyasi oddiy kalitlar oʻrniga raqamli kalit taklif qiladi: NFC orqali iPhone yoki Apple Watch qurilamalari yordamida ushbu imkoniyatdan foydalanish mumkin. Ushbu funksiya birinchi boʻlib oxirgi BMW i5 avtomobilida paydo boʻlib, texnologiya 2021-yil mavjud boʻladi;
· «Локатор» yoʻqolgan Apple qurilmalarini topishda ishlatiladi va u uchinchi tomon qurilmalari va aksessuarlarini qoʻllab-quvvatlash imkoniyatiga ega boʻladi. Kompaniya maʼlumotlar shifrlanganini taʼkidladi;
· iMessageʼda kontakt yoki suhbatlarni, shuningdek baʼzi xabarlarga javoblarni qadashingiz mumkin boʻladi. Endi siz maʼlum bir foydalanuvchini eslatib qoʻyishingiz va suhbat qurishingiz mumkin. Memoji yangilandi – endi ular yanada koʻp;
· Apple Mapsga mahalliy mutaxassilar tomonidan turistlar uchun qiziqarli joylarni qidirib topib, yoʻl boshloʻvchi yangi imkoniyatlar qoʻshiladi.
iPadOS 14
Qachon: barcha uchun kuzda, beta-versiya keyingi oyda, dasturchilar allaqachon foydalanib koʻrishlari mumkin
Qurilmalar: iPad Air 2 va keyingilari, iPad Proning barcha modellari, iPad 5 avlodi va keyingilar hamda iPad mini 4 va undan keyingilari.
· Tizim iOS 14da qoʻllangan barcha yangilanishlarni qabul qiladi;
Endilikda qoʻngʻiroqlar butun ekranni egallamaydi, huddi iOS 14 kabi. U ekranda qichik bildirishnoma sifatida koʻrinadi;
· Scribble qoʻlyozma eslatmalari: Apple Pencildan foydalanilganda tizim oʻzi uni yozma matnga aylantiradi. Xabarlarga javob berish yoki brauzerda biror narsani qidirishda ham undan foydalanishingiz mumkin. Yozma matnga aylantirilgandan soʻng uni boshqa joylarda ham ishlatish mumkin;
· «Qoʻl yordamida» funksiyasi bilan tillarni almashtirmasdan ingliz va xitoy tillarida terishga imkoni boʻladi;
· «Rasm”, «Musiqa” va “Kalendar» interdeyslari iPadga yanada moslashtirildi. Masalan, “Musiqa»da biror trekni qoʻysangiz, u bilan birga boshqaruv menyusi va qoʻshiq matni paydo boʻladi;
· Qurilma va tarmoq boʻyicha universal qidiruv. Ilovani ishga tushirish uchun uni qidirish kifoya. Shuningdek, hujjatlar, kontaktlar va manzil maʼlumotlarini topish mumkin.
· iPad Pro 2020 qurilmasidagi ARKit 4 LiDAR datchigi yordamida biror predmetgacha boʻlgan masofani yanada aniq oʻlchash imkoniyatiga ega boʻldi. Ishlab chiquvchilar uni ilovalarda, masalan, kiyimni sinab koʻrishlari yoki yangi rangning devorda qanday koʻrinishini baholash uchun foydalanishlari mumkin;
· Sirini yanada tezroq ishga tushirish mumkin. Endi ikonka pastki oʻng burchakda joylashadi;
Quloqchinlar uchun yangilanishlar
· Quloqchinlar endilikda bir-biriga bogʻlangan Apple qurilmalariga avtomatik ravishda qayta ulanishi mumkin. Masalan, siz kino koʻrishni iPhoneda boshlasangiz ham, Macda tugatsangiz boʻladi. Ushbu imkoniyat faqatgina AirPods Pro, Air Pods (2-avlod), Powerbeats Pro va Beats Solo Pro egalariga taqdim etiladi. Bundan foydalanish uchun iCloud hisobigina yetarli.
· AirPods Proga «fazoviy» audio funksiyasi qoʻshildi, Apple buni kinoteatr ovoziga taqqosladi;
· Quloqchinlar boshning joylashuv holatiga va harakatiga qarab ovoz yoʻnaltirishni «oʻrgandi»;
watchOS 7
Qachon: dasturchilar uchun – bugunoq, beta-versiya (birinchi marotaba) – keyingi oyda, barcha foydalanuvchilar uchun – kuzda.
Qurilmalar: Apple Watch Series 3, Apple Watch Series 4 va Apple Watch Series 5. iPhone 6S va undan yangilari bilan. Shuningdek, iOS 14 va yangilari uchun.
· Endilikda siferblatga maʼlumotlar manbalarini qoʻllab-quvvatlovchilarni yanada koʻproq qoʻshish mumkin;
· Agar dasturchilar Apple Watchga bir ilovadan bir nechta kengaytma oʻrnatish xususiyatini qoʻshsa, foydalanuvchilarga ushbu imkoniyat taqdim etiladi;
· Qurilma egasining harakati va tovushlarga qarab foydalanuvchi qoʻlini yuvayotganini aniqlashi mumkin. Shundan soʻng, qurilmada 20 soniyali taymer ishga tushadi, agar foydalanuvchi undan kamroq vaqt qoʻl yuvsa, yana davom ettirish kerakligi haqida ogohlantiradi.
· Endi kompaniyaning ushbu aqlli soatlari App Storeʼdan sayt yoki ijtimoiy tarmoqlardagi havola orqali yuklab olish mumkin. Ushbu funksiya FaceSharing deb nomlangan;
· Barcha asosiy maʼlumotlarni jamlagan «Faoliyat” ilovasi endi “Fitnes» deb nomlanadi;
· Apple Watch va iPhone oʻrtasida sinxronlashtirilgan uyqu rejimi. Qurilmalar uyqu vaqti yaqinlashishi haqida aytadi, shundan soʻng ekran qorayishni boshlaydi. Soat odamning uxlayaptimi yoki yoʻqligini bilib, uyqu davomiyligini hisoblab chiqadi. Haftalik jadval foydalanuvchiga berib boriladi;
Maxfiylik
· Alohida ekranda u yoki bu dastur qanday maʼlumotlarni toʻplashi va xizmat foydalanuvchini kuzatishda ishlatishi mumkin boʻlgan maʼlumotlar haqidagi yozuv aks ettiriladi;
· IOS 14dagi qurilma bilan aniq geolokatsiyani emas, balki faqat taxminiy joylashuvni boʻlishish mumkin boʻladi. Bu tazyiqdan qochishga yordam berishi koʻzda tutilgan;
«Aqlli uy» yoxud HomeKit
· Apple Amazon, Google, IKEA va Comcast kabi boshqa koʻplab kompaniyalar bilan universal «aqlli uy» standarti ustida ishlayotganini eʼlon qildi;
· IOS ilovasida moslashuvchan yoritish, shuningdek, kvartirani kuzatish uchun vidjetlar mavjud.
HomeKit kameralarida yuzni aniqlash funksiya qoʻshiladi va u qurilmalaringizdagi galereya bilan sinxronlashadi. Masalan, eshik qoʻngirogʻi chalinganda kelgan odam kimligini bilib olishingiz mumkin;
tvOS 14 va Apple TV
· «Aqlli uy» doirasida Apple Tvning imkoniyatlari kengaydi;
· Ilovalar va oʻyinlarda jarayonni yoʻqotmasdan bir nechta hisoblar oʻrtasida almashish imkoniyati;
· Xbox Elite Controllerʼni qoʻllab-quvvatlash;
· Kompaniya Apple TV uchun Ayzek Azimov kitoblari asosida surʼatga olingan «Asos» seriali treylerini namoyish qildi; Treylerni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:
macOS Big Sur
Qachon: dasturchilar uchun allaqachon chiqib boʻldi, beta-versiya – iyulda, barcha uchun – kuzda.
Qurilmalar: Qoʻllab-quvvatlanivchi qurilmalar toʻliq roʻyxatini ushbu havolaning quyi qismida koʻrishingiz mumkin.
· Yangi macOS Big Sur pristavkasi bilan, Operatsion tizim 10-versiya chiqarilganidan beri eng katta yangilanishlarni oldi;
· Barcha ikonkalar qayta ishlandi, boshqaruv markazi toʻliq yangilandi, endi bildirishnomalarda koʻproq interaktiv xabarnomalar va turli oʻlchamdagi vidjetlar koʻrsatilishi mumkin;
· Appleʼning daʼvo qilishicha, Safari hozirda Chromedan oʻrtacha 50% tezroq ishlaydi. Brauzerning boshlangʻich sahifasi fon, oʻqish ro’yxati va vidjetlar yordamida moslashtirilishi mumkin;
· Yangi maxfiylik choralari: foydalanuvchi qaysi saytlar yoki qaysi Safari kengaytmalari bilan ishlashni oʻzi tanlashi mumkin. Appleʼning aytishicha, hatto kompaniya ham parollarni bila olmaydi;
· Safariga yetti tildan: rus, ingliz, ispan, xitoy, fransuz, nemis va portugal tillaridan tarjimon oʻrnatilgan;
Endi Safari qoʻshimcha yorliqlarga mos keladi va siz sahifani uning ustiga olib borib oldindan koʻrishingiz mumkin.
Intel protsessorlaridan voz kechildi
· Tim Kuk ushbu voqeani «Mac uchun tarixiy kun» deb atadi. Kompaniya Intel protsessorlaridan voz kechib, oʻzining protsessorlariga oʻtdi;
· Apple Mac uchun noyob xususiyatlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda, ammo barcha mahsulotlar uchun umumiy arxitekturadan foydalanadi;
· Apple protsessorlarida birinchi Maclar yil oxirida paydo boʻladi va ishlab chiquvchilar iyun oyida ilovalarni moslashtirish uchun devkitni olishlari mumkin.
«bite of apple» ushbu maqolani rus tilidan o‘zbek tiliga tjournal.ru saytidan tarjima qildi. Original maqolani bu yerda o‘qish mumkin / «bite of apple» перевела материал сайта tjournal.ru с русского на узбекский язык, оригинал тут: